17:00 / 03.05.2015
1704

Suares: «Messi Neymarga penaltini tepishga berib, jamoani o‘zidan ustunroq qo‘yishini ko‘rsatdi”

Luis-SuarezMessi.jpg.pagespeed.ce.Y6hVmU1u4B Kun.uz: “Barselona” hujumchisi Luis Suares “Kordoba” ustidan g‘alaba qozonilgan o‘yin (8:0) haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Men kiritilgan to‘plardan, ayniqsa jamoa uchun mamnunman, chunki biz chempionatda yetakchilik qilayotganimiz uchun bu juda muhimdir. Menga boshida “Barselona”da moslashishim uchun biroz vaqt talab etildi. Biroq gollar urishni boshlashimni bilardim. Do‘stlarim va oilam meni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Tirishqoqlik bilan ishlab, har doim o‘ynaganimdek o‘ynasam, omadim kelishini bilardim. Messi Neymarga penaltini tepishiga ijozat berib, ajoyib harakat qildi va jamoani, o‘z sheriklarini o‘zidan ustunroq qo‘yishini namoyish qildi”, deb aytdi urugvaylik futbolchi. xab-
Top