22:44 / 04.05.2015
1735

Andrea Pirlo: "2006 yilda "Real"ga o‘tishga yaqin bo‘lganman"

225090

Kun.uz: “Yuventus” yarim himoyachisi Andrea Pirlo Chempionlar ligasi yarim finalidagi “Real”ga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida o‘z vaqtida “madridlik”lar safiga o‘tishga yaqin bo‘lganini ta'kidladi.

“Ha, meng 2006 yilda “Real”ga o‘tishim mumkin edi. Kapello meni taklif qilgan. “Milan”da kelishilgan o‘yinlar borasida muammolar bor edi.

Kelishuv deyarli yakunlangan edi. Biroq oxirida “Milan” barcha muammolarni hal qildi va men bilan shartnomani uzaytirdi.

Men transfer amalga oshmaganidan afsusda emasman. O‘sha mavsumda biz Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan edik”, – dedi Pirlo.

Ma'lumot uchun, “Yuventus” hamda “Real” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 5 may kuni Turinda, javob o‘yini 13 may kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

xab-
Top