16:40 / 04.05.2015
2001

Angliya oliy divizioni tarixidagi eng yaxshi to‘purar reanimatsiyaga tushdi

greaves

Kun.uz: Angliya futboli oliy divizioni tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lmish 75 yoshli Jimi Grivz insultga uchrab, jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Italiyaning “Milan” hamda Londonning “Chelsi”, “Vest Xem” va “Tottenxem” jamoalari tarkibida to‘p surgan Grivz Angliya oliy ligasi o‘yinlarida 357 marta to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u Angliya terma jamoasi tarkibida 57ta uchrashuv o‘tkazib, 44ta to‘p urgan: bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top