16:38 / 04.05.2015
2798

Germaniyalik olimlar ko‘rinmas plashch ixtiro qilishdi

invisibility-cloak

Kun.uz: Germaniyalik olimlar ko‘rinmas plashch ixtiro qilishgani aytilmoqda. The Independent nashrida ma'lum qilinishicha, ushbu yopinchiq odamni o‘zgalar nigohidan yashirishi mumkin. Qayd qilinishicha, dastlab tadqiqotchilar kichik obektlarni yashirishi mumkin bo‘lgan idish yasashgan. Ko‘rinmaslik effektiga idish nurni tarqatuvchi maxsus bo‘yoq bilan qoplangan yuza tufayli erishadi. Keyinchalik bu ixtiro takomillashtirilib, plashch-yopinchiq darajasiga yetkazildi. Tadqiqotchilarning aytishiga qaraganda, hozircha u faqat uncha yaxshi yoritilmagan xonada ishlaydi. Kashfiyot keyingi haftada Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ilmiy jamoatchilikka taqdim etiladi.

Top