14:55 / 04.05.2015
1831

Massimiliano Allegri: “Real”ga qarshi uchrashuvga xotirjam munosabatda bo‘lish kerak

Juve_Allegri

Kun.uz: Turinning “Yuventus” jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar Ligasi yarim finalida Madridning “Real” jamoasiga qarshi o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv haqida fikr bildirdi. “Mavsum oxiriga yaqinlashib, chempionlik qo‘lga kiritilgan, Kubokning o‘tkazilishiga esa ancha borligida ayrim ishlarimizga yakun yasasak bo‘ladi. Yevropaning eng kuchli 4 klubidan biri bo‘lganingni o‘ylasang, hayajoningni bosa olmaysan. Biz Yevropada “Real”chalik ko‘p mukofot olmaganmiz, shu bois Chempionlar Ligasi finaliga chiqish biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi u jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida. “Biz turnirning amaldagi g‘olibiga qarshi ikkita og‘ir uchrashuv o‘tkazamiz. Bunday vaziyatda asabiylashish yaramaydi. Men futbolchilardan ular uchrashuvga xotirjam yondashishlarini so‘rayman”, - qo‘shimcha qildi u.

Top