Neyrojarroh Ben Karson AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashadi
Kun.uz: Kasbi neyrojarroh bo‘lgan Ben Karson AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini ma'lum qildi. Bu haqda CBS telekanali xabar bergan.
"Men o‘z nomimni AQSh prezidentligi uchun saylovga nomzod sifatida taqdim qilaman", deydi butun AQShda mashhur bo‘lgan ushbu floridalik neyrojarroh mahalliy telekanalga bergan intervyusida.
Ben Karson o‘z saylovoldi kompaniyasini 4 may kuni Detroyt shahrida boshlashini ma'lum qildi. U 2016 yilning noyabridagi saylovda Respublikachilar partiyasi nomidan ishtirok etadi.
Ayni vaqtda 63 yoshga chiqqan bu shifokor o‘zining konservativ qarashlari bilan mashhur hisoblanadi.