13:53 / 04.05.2015
2091

O‘zbekiston Xalqaro pochta ittifoqining to‘rtta hujjatiga qo‘shildi

upu-logo

Kun.uz: O‘zbekiston Xalqaro pochta ittifoqining (UPU) to‘rtta hujjatiga qo‘shildi. Bu borada O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2015 yilning 27 aprel kuni “Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Xalqaro pochta ittifoqining umumiy reglamentiga, Xalqaro pochta konvensiyasiga, Xalqaro pochta konvensiyasining yakuniy bayonnomasiga va pochta pullik xizmatlari bo‘yicha kelishuvga qo‘shiladi. Bu hujjatlarning barchasi 2012 yilning 11 oktabrida Doxada imzolangan. O‘zbekiston rahbari tashqi ishlar vaziriga Xalqaro pochta ittifoqi Xalqaro byurosi bosh direktoriga belgilangan tartibda O‘zbekistonning tilga olib o‘tilgan shartnomalarga qo‘shilgani to‘g‘risida xabarnoma yuborishni topshirdi.

Top