16:51 / 04.05.2015
1876

O‘zbekistonlik tennischi qizlar Qozog‘istondagi turnirda g‘olib chiqdi

[caption id="attachment_22599" align="alignnone" width="620"]Tennis © Daryo.Uz [/caption] Qozog‘istonda xotin-qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimiga kiruvchi turnir yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Musobaqaning juftliklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etgan yosh o‘zbekistonlik yosh tennischilar Albina Xabibulina va Polina Merenkova yuksak saviyadagi o‘yin namoyish etib, xalqaro turnir g‘olibiga aylandi. O‘zbekitsonliklar dastlab qozog‘istonlik Go‘zal Aynitdinova va rossiyalik Alina Zolotarevani, chorak finalda ukrainalik Katya Malikova va rossiyalik Aleksandra Pospelovani, yarim finalda belaruslik tennischilar Viktoriya Mun va Vera Sakalouskaya juftligini yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu turnirda yana bir o‘zbekistonlik tennischi Vlada Yekshibarova va rossiyalik Darya Lodikova birinchi davrada o‘zbekistonlik yosh tennischilar Alina Gazizova hamda Amina Muxametshinani, qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva va rossiyalik Lyubov Vasilevani, rossiyalik Irina Lidkovskaya va belaruslik Polina Pexovani mag‘lubiyatga uchratdi. Final uchrashuvida Albina Xabibulina va Polina Merenkova musobaqaning eng kuchli juftligi deya e'tirof etilgan Vlada Yekshibarova va Darya Lodikovaga qarshi kortga chiqdi. O‘zbekistonlik yosh tennischilar kuchli o‘yin namoyish etib, tajribali raqibalarini 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Top