07:30 / 04.05.2015
2099

O‘zbekistonning energiyani tejash salohiyati yiliga 23 mln tonna neft ekvivalentiga baholanmoqda

lep-02 Kun.uz: Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston elektr energetikasi sektori, kommunal xo‘jalik, imoratlar sektorida energiya samaradorligini oshirishning katta salohiyatiga ega. O‘zbekistonning energiyani tejash salohiyati yiliga 23 mln tonna neft ekvivalentiga baholanmoqda. Uning ishlatilishi natijasida issiqxona gazlarining chiqarilishini 40 mln tonnaga qisqartirish mumkin. Energiyani tejash energiya va energiya zaxiralariga o‘sayotgan talabni ta'minlash usuli sifatida elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarni qurishdan ko‘ra 2-5 marta unumliroq hisoblanadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, iqtisodiyotning ko‘p energiya sarflovchi sektorlariga energiya samaradorlik bo‘yicha kompleks tadbirlarni tatbiq qilish hisobiga 30-40 foiz birlamchi energiya zaxiralarini yoki 16-21 mlrd kub metr tabiiy gazni tejab qolish mumkin. Ayni paytda BMTning O‘zbekistondagi Rivojlanish dasturi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikdagi ish doirasida milliy iqtisodiyotning uchta eng ko‘p energiya sarflovchi sektorlari bo‘yicha past uglerodli rivojlanish strategiyasi loyihasi va 2030 va 2050 yillarga qadar chora-tadbirlar dasturiga ega tegishli yo‘l xaritasi tayyorlandi. O‘zbekistonda ayni paytda elektr energetikaning an'anaviy sektorida energiya samaradorlikni oshirish doirasida amalga oshirilayotgan issiqlik stansiyalarida elektr energiyani ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, elektr tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish va boshqa choralar hisobiga 2030 yilga qadar 6,8 mln tonna neft ekvivalenti va 2050 yilga qadar 27,3 mln tonna neft ekvivalentida energiya zaxiralarini tejashga erishish mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatning energiya balansida tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 19-23 foizga yetkazish yoqilg‘i-energetik zaxiralarni 2030 yilga qadar 3,3 mln tonna neft ekvivalenti va 2050 yilga qadar 5,9 mln tonna neft ekvivalenti hajmida tejash imkonini beradi. xab-4
Top