09:33 / 04.05.2015
1927

Rossiya Dumasi qo‘mita boshlig‘i: Sovetlar bergan 500 ming qurbonsiz Polsha mavjud bo‘lmas edi

03225910.886969.6672 Kun.uz: Rossiya Davlat Dumasining xalqaro qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkovning fikricha, sobiq Sovet Ittifoqi va uning harbiylari tufayli bugungi kunda Polsha davlati mavjud. Bu haqda u o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. “Polsha prezidenti Komorovskiy bilib qo‘ysinki, mamlakatimiz tomonidan Polshani ozod qilish uchun berilgan 500 ming jonsiz bu davlat bo‘lmas edi. Gitler uni ko‘zda tutmagan edi”, - deb yozgan siyosatchi. Ilgariroq Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiy 9 may kuni Moskvada G‘alaba paradining o‘tkazilishi “notinch zamon”dan dalolat berishini ma'lum qilgan edi. xab-2
Top