20:57 / 05.05.2015
2304

2015 yilning yanvar oyidan may oyigacha Navoiy viloyatida Beeline‘ning 6ta eksklyuziv salonlari ochildi

303012

Kun.uz: AQSh prezidenti Barak Obama sakkizinchi marta Devid Letterman shousiga tashrif buyurdi. The Washington Post gazetasida yozilishicha, 20 yildan buyon Late Show with David Letterman shousini olib borayotgan teleboshlovchi CBS kanalidan ketishini ma'lum qilgan, shu bois bu shou ayni paytda ko‘rsatuvning oxirgi soni ham bo‘ldi.

Shou jarayonida mamlakat rahbari Baltimordagi vaziyatni izohlab o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, u yerda olti nafar politsiyachining qora tanli Freddi Greyni o‘ldirgani haqidagi gap-so‘zlar ommaviy norozilik va to‘polonlarga sabab bo‘lgan edi. Prezident politsiya zobitlari sud ixtiyoriga topshiriganini va qonunga muvofiq jazolanishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, shou davomida Obama muxlislarning 10ta hazil savollariga javob berdi. Jumladan, “Bu siz prezidentlik qilgan birinchi mamlakatmi?” degan savolga u quyidagicha javob berdi: “Ha. O‘ylashimcha, birinchi va oxirgi. Kechki tok-shoular boshlovchilaridan qat'iy nazar, mening muddatim cheklangan”.

Top