10:34 / 05.05.2015
1781

Obama Jozef Danford nomzodini AQSh qurolli kuchlarining rahbarligiga tavsiya etmoqda

Flickr-US-Embassy-Kabul-Af Kun.uz: AQSh prezidenti Barak Obama general Jozef Danford nomzodini armiyaning eng yuqori lavozimi – Birlashgan shtab boshlig‘i lavozimiga tavsiya etdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bermoqda. Hozirda 59 yoshli Danford dengiz piyodalari bo‘linmasiga rahbarlik qilmoqda. U bungacha 2 yil davomida Afg‘oniston xavfsizligini ta'minlash xalqaro kuchlarini boshqargan. Danford yangi lavozimni joriy yilning kuzida faoliyatini yakunlayotgan general Martin Dempsidan qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. Denfordning AQSh qurolli kuchlari rahbari bo‘lishi masalasini senat ham tasdiqlashi lozim. Shuningdek Obama general Pol Selvning nomzodini mamlakat qurolli kuchlari rahbari o‘rinbosarligiga tavsiya qilmoqda. xab-4
Top