12:09 / 05.05.2015
2473

Ronaldudan dastxat olgan muxlis xursandchilikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi

98940

Kun.uz: “Real” Chempionlar ligasi yarim final doirasida kechadigan “Yuventus”ga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazish uchun 4 may kuni Turinga tashrif buyurdi. Futbolchilar mehmonxonaga ketayotgan vaqtda “Real” hujumchisi – Ronalduning muxlisi portugaliyalik futbolchidan dastxat olishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday sovg‘adan xursand bo‘lgan muxlis xursandchilikdan ko‘z yoshini to‘xtata olmadi.

Ma'lumot uchun, “Real” hamda “Yuventus” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 5 may kuni Turinda, javob uchrashuvi 13 may kuni Madridda o‘tkaziladi.

xab-
Top