07:30 / 05.05.2015
2240

Tojikiston Milliy banki rahbariyati o‘zgartirildi

974828263 Kun.uz: Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Milliy bankining raisini o‘zgartirdi hamda bu lavozimga bungacha Respublika Jamg‘arma bankiga boshchilik qilgan 55 yoshli Jamshid Nurmuxammadzodani tayinladi. Bu haqda TASS axborot agentligiga Tojikiston hukumatidagi muxbir xabar berdi. Nurmuxammadzoda 2012 yildan beri bu lavozimda ishlab kelgan Abdujabbor Shirinovning o‘rnini egallaydi. Milliy bank raisi o‘rinbosalaridan biri lavozimiga Jamoliddin Nuraliyev tayinlandi. Mutaxassislar bank rahbariyatining o‘zgartirilishi mamlakatning valyuta bozoridagi murakkab vaziyat va milliy valyutaning qadrsizlanishi davom etayotgani sababli amalga oshirilganiga e'tibor qaratmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi ikki oy ichida Tojikiston milliy valyutasi – somoniy dollarga nisbatan 10 foizdan ko‘proqqa arzonlashib ketdi hamda ayni paytda uning dollarga nisbatan kursi bir dollar uchun 6,52 somoniyni tashkil qilmoqda. Bank sobiq rahbariyatining valyuta ayirboshlash shoxobchalarini nazorat qilishni kuchaytirish va xususiy shoxobchalarni qisman yopish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishi jamiyatda faqatgina norozilik keltirib chiqardi va milliy valyutaning barqarorlashiga olib kelmadi. xab-4
Top