09:39 / 05.05.2015
3012

Yuqori Chirchiq tumanida “Baxt uyi”ning yangi binosi foydalanishga topshirildi

[caption id="attachment_90771" align="alignnone" width="640"]© O‘zA © O‘zA[/caption] Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan binoda yosh oilalarning nikohini qayd etish marosimini tashkil etish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Xususan, oila qurish arafasidagi yoshlarga saboq berishga mo‘ljallangan “Oila dorilfununi”, “Yosh oila quruvchilar maktabi” xonasi, marosimlar zali, hujjatlarni saqlash va boshqa xonalar bugungi kun talablari asosida jihozlangan. Shu kuni Komiljon Abdufattohov va Muqaddam To‘laboyeva ushbu yangi baxt uyida nikohdan o‘tdi.
Top