08:08 / 06.05.2015
3834

AQShda politsiyachi ustiga qahva to‘kilib ketgani uchun xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyadan 50 ming dollar talab qilmoqda

Shimoliy Karolina shtatida politsiyachi Mettyu Kor Starbucks Coffee kompaniyasi ustidan sudga arz qildi. Da'voga ko‘ra, u kompaniya filialidan plastik idishdagi qahva sotib olgan, idish qopqog‘ining chiqib ketishi natijasida uning ustiga qahva to‘kilib, tizzasi va badani kuygan. The Independent nashrida yozilishicha, politsiyachi kompaniyadan 50 ming dollar undirmoqchi.

Korni himoya qilayotgan advokatning fikricha, qahva to‘kilishi nafaqat kuyish jarohatlarini, balki jiddiy ma'naviy zararni ham keltirib chiqargan. O‘z navbatida, Starbucks kompaniyasi advokatlari da'voning asossizligini ta'kidlamoqda, negaki politsiyachi qahvaning pulini to‘lamagan.

Top