16:01 / 06.05.2015
2312

Audi, BMW va Mercedes-Benz korporatsiyalari Nokia’ning kartografiya bo‘linmasini sotib oladi

Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi BMW AG, Audi AG va Mercedes-Benz korporatsiyalari Finlyandiyaning Nokia Corp. kompaniyasiga tegishli kartografiya bo‘linmasi – Here’ni sotib olmoqchi. Bu haqda MarketWatch portali ma'lumot bermoqda.
Yuqoridagi avtokonsernlardan tashqari, Xitoyning Baidu Inc. texnologik guruhini ham o‘z ichiga oluvchi investorlar konsorsiumi Here bo‘linmasini 2 mlrd dollarga baholamoqda.
Muzokaralarning asosiy qismi o‘tib bo‘lgan. Keyingi 2 hafta ichida uzil-kesil kelishuvga erishilishi aytilmoqda.
Taxmin qilinishicha, avtokonsernlar bo‘linma aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi, Nokia, Baidu va yana bir investor esa minoritar aksiyalarni qo‘lga kiritadi.
Germaniya avtokonsernlarining fikricha, kartografiya bo‘linmasining sotib olinishi ularga Google’dan bir qada oldinda bo‘lishga imkon beradi.

Top