11:31 / 06.05.2015
1845

McDonald's 1 mlrd yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinmoqda

Yevropa Ittifoqi AQShning McDonald's kompaniyasi tomonidan 1 mlrd yevro miqdoridagi soliq to‘lovlarini amalga oshirishdan bo‘yin tovlanishi haqidagi ish yuzasidan taftish ishlarini olib bormoqda. The Guardian nashrida yozilishicha, restoranlar tarmog‘i Lyuksemburg orqali turli moliyaviy operatsiyalar o‘tkazib, o‘z daromadlarining bir qismini yashirgan va soliqlarni to‘lamagan.
Yevropa Ittifoqining raqobat masalalari bo‘yicha komissari Margret Vestagerning bayonotiga ko‘ra, kompaniya ustidan kasaba uyushmalari da'vo arizalari bergan. Ularda ma'lum qilinishicha, 2009-2013 yillar orasida kompaniya 3.7 mlrd yevro uchun faqat 16 mln yevro soliq to‘lagan. Ta'kidlanishicha, McDonald's Lyuksemburgdagi strukturaga pullarni yuborgan, o‘z navbatida Shveytsariyadagi bo‘linma intellektual mulk uchun soliq imtiyozlaridan foydalanib, to‘lovlarni kamroq miqdorda amalga oshirgan.
McDonald's matbuot kotibi Xaydi Barker ayblovlarni izohlashdan bosh tortdi.

Top