23:08 / 06.05.2015
2179

Pan Gi Mun BMTning keyingi bosh kotibi ayol bo‘lishi kerak deb aytmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Mun uning davomchisi ayol kishi bo‘lishi kerakligini aytmoqda. Bu haqda bosh kotibning vakili Farxon Haqning so‘zlariga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar berdi.

“Ommaviy tadbirlarda Pan Gi Mun bosh kotib o‘rnini ayol kishi egallashi kerak bo‘lgan vaqt yetib keldi deb hisoblashini ko‘p marta aytgan”, deb aytdi Haq.

“Bosh kotib aynan kim saylanishi kerakligi to‘g‘risida o‘zining fikrini aytmaydi. Biroq ayol kishi bosh kotib bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqt yetib keldi”, deb aytdi Haq.16 aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot” paytida kelajakda BMT bosh kotibi bo‘lishni istamasligini aytib o‘tgandi.

Top