08:54 / 06.05.2015
1384

Rossiya milliy xavfsizlik strategiyasi qayta ko‘rib chiqiladi

2020 yilga qadar Rossiya milliy xavfsizlik strategiyasi qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, axborot xavfsizligi doktrinasiga o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Krasnaya zvezda” gazetasida chop etilgan maqolasida ma'lumot berdi.
Uning yozishicha, strategik rejalashtirish hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlar Xavfsizlik Kengashi qaroriga muvofiq milliy xavfsizlikni ta'minlashning kontseptual asoslarini isloh qilish maqsadida boshlangan.
Shuningdek, Patrushev xavfsizlik masalasini qayta ko‘rib chiqish yangi tahdidlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liqdir; “arab bahori”, Suriya va Iroqdagi vaziyat, Ukraina va Yamandagi inqirozlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, harbiy tahdidlarning axborot sohasiga ko‘chishi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari, maqola muallifi AQSh va NATOning Rossiyaga qarshi ochiq va yashirin xatti-harakatlari ma'lum xavotirlarga sabab bo‘layotganini, Yevropa hududida raketalarga qarshi mudofaa tizimining yaratilishi esa Rossiyaning chegaralari oldida yangi tahdidning yuzaga kelishi bilan barobar ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top