The Telegraph gazetasida yozilishicha, Buyuk Britaniya harbiy kuchlari NATO alyansining Rossiya chegarasiga yaqin hududlarda o'tkazayotgan harbiy mashg'ulotlarda har qachongidan ham faol ishtirok etmoqda.
Bir necha kun muqaddam Norvegiya qirg'oqlarida Dynamic Mongoose 2015 (“Harakatchan mangust 2015”) mashg'ulotlari o'tkazilayotgani xabar qilingan edi. Tadbir ishtirokchilari dushmanning suv osti kemalarini aniqlash va yo'q qilishni mashq qilmoqda.
Gazetada qayd qilinishicha, mashg'ulotlar Latviya yaqinida Rossiya suv osti kemalarining paydo bo'lishi haqidagi xabarlardan so'ng o'tkazila boshlangani alyans a`zolari Rossiyaning Boltiqbo'yi davlatlariga xavf solishidan xavotirda ekanligini ko'rsatadi.
Bundan tashqari, Britaniya qurolli kuchlari Estoniyada o'tkazilayotgan “Tipratikan-2015” harbiy-taktik o'quvlarida ham qatnashmoqda.