08:26 / 06.05.2015
3356

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi yaqinida “IShID” bayrog‘i ko‘rindi

Aprel oyi oxirida Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida “Iroq va Shom islom davlati” (“IShID”)ning bayrog‘i paydo bo‘lganidan so‘ng Tojikiston hukumati chegarani kuchaytirishga kirishdi. Bu xaqda 12news.uz xabar bermoqda.

Tojikiston chegarachilarining ma'lum qilishcha, “hozircha chegaraning Tojikiston tomonidan vaziyat ancha sokin”, shunga qaramay chegaradagi qurolli kuchlar eng yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatiga o‘tkazilgan.

4 may kuni OAVda Tojikiston chegaraning ikkinchi chizig‘ini tashkil etgani haqida xabarlar berilgandi. Avvalroq esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, agar zarurat tug‘ilsa, chegaralar xavfsizligini ta'minlash uchun zaxiradagi askarlarni ham jalb etish kerakligini ta'kidlagandi.

Top