16:29 / 07.05.2015
3613

“Turk oqimi” 2016 yilning oxirida ishga tushishi ma'lum bo‘ldi

“Turk oqimi” gaz quvuri 2016 yilning dekabr oyida ekspluatatsiyaga topshiriladi. Bu haqda “Gazprom” mutasaddilari iqtibos keltirgan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu borada “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Turkiya energetika vaziri Taner Yildiz o‘rtasida kelishuvga erishildi.
Garchi ilgari gaz quvurining qurilishi qoldirilishi ma'lum qilingan bo‘lsa-da, ayni paytda ish qizg‘in pallaga kirgan. 2016 yil oxiriga qadar loyihani nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Top