09:26 / 07.05.2015
5060

Afg‘onistonlik amaldor: “IShID” O‘rta Osiyoga ta'sir qilish uchun Afg‘onistondan foydalanmoqchi

“Iroq va Shom islom davlati” (“IShID”) Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun Afg‘onistondan foydalanmoqchi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Xanif Atmar ma'lum qildi, deya xabar bermoqda 12news.uz.

Prezident maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, “IShID” O‘rta Osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun Afg‘onistonni qulay makon sifatida ko‘rmoqda, shuningdek, “IShID” bu yerda giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishga ham intiladi.

Muhammad Xanif Atmarning qayd etishicha, Pokiston hukumatining Vaziriston viloyatida olib borayotgan harakatlari natijasida ko‘plab jangarilar Afg‘onistonga qochishni boshlagan. Afg‘onistonlik amaldor “IShID”ning rejalarini barbod qilish uchun kuchni bir joyga to‘plashga chaqirdi.

Top