13:31 / 07.05.2015
11357

Amudaryo tumanida oxirgi oylarda 15ta yashirin sex fosh qilindi

SVOJJDLQK departamentining Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan oxirgi oylar mobaynida 15ta yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda bo‘lim boshlig‘i Nabijon Sherovning “Huquq” gazetasida chop etilgan maqolasida ma'lumot berildi.
Jumladan, qo‘lbola moyjuvozda paxta chigitidan yog‘ ishlabch chiqarish uchun uyidan noqonuniy ravishda sex ochgan fuqaro S. Babajanovning xatti-harakatlari fosh etilgan. Uning elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olinishi natijasida elektr tarmoqlari korxonasiga 18 mln so‘mga yaqin zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, Mang‘it shahrida yashovchi Z. Davletmuradova, U. Atajanovlar ham o‘z uylarida qo‘lbola moyjuvozda chigitdan yog‘ ishlab chiqarish sexlarini tashkil qilganliklari aniqlangan.
“Yuqoridagi har uchala holat bo‘yicha soxta tadbirkorlarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi”, - deb yozadi N. Sherov.

Top