20:12 / 07.05.2015
2103

Yevropaning beshta davlatidagi iOSning yangi foydalanuvchilarining uchdan bir qismi Android dan o‘tgan

Yevropaning aholi soni jihatidan (Rossiyadan keyingi) 5 ta yirik davlati – Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadagi Apple smartfonlarining yangi foydalanuvchilarining qariyb 33 foizini Android-qurilmalarning sobiq egalari tashkil qilmoqda. Bundan Kantar Worldpanel ComTech tadqiqotidagi 1-chorak bo‘yicha olingan ma'lumotlar darak bermoqda. Bunday ommaviylashuvga Apple'ning oxirgi mahsulotlari iPhone 6 va 6 Plus sabab bo‘lgan, deyiladi tadqiqotda.   

Yevropaning 5 ta yirik bozoridagi iOS operatsion tizimidagi ulushi 2015 yilning dastlabki uch oyida 20,3 foizni, ya'ni o‘tgan yilga nisbatan 1,8 foiz ko‘proqni tashqil etgan.

Aprelda Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning moliyaviy yakunlarini taqdim qilish davomida boshqa tizimlardan iOS'ga o‘tishning oshganini ta'kidlab o‘tdi. “iPhone'ning hozirdagi lineykasi evaziga oxirgi uch yil ichidagi yangi mahsulotlarning barcha uchta chiqarilishi tarixida bizlar Android'dan boshqa tizimlarga o‘tishning yuqori darajasini ko‘rmoqdamiz”, deb aytdi Kuk.    

Korporatsiya yangi mijozlarni jalb qilish uchun turli dasturlarni taklif qilmoqda: Yevropa va AQShdagi xaridorlar o‘zlarining Android, BlackBerry yoki Windows Phone qurilmalarini yangi iPhone'ga bilan almashtirib, uni foyda bilan sotib olishlari mumkin. Bu xizmat mart oyidan beri amal qilib kelmoqda. Kompaniya eski qurilmadan ma'lumotlarni iOS'ga ko‘chirib olmoqchi bo‘lganlarga batafsil yo‘riqnoma chop etdi.

Top