11:36 / 07.05.2015
1875

Messi YeChL yarimfinalida xotirjamlikka berilishga hali erta ekanini aytdi

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi “Bavariya”ga qarshi kechgan yarim final o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinda o‘zimizga kerakli natijaga erishdik. Lekin, men hali xotirjam bo‘lishga erta deb bilaman. Germaniyada bizni o‘ta qiyin o‘yin kutadi. Shu ruhda davom etishimiz kerak. Ha, ikkinchi golni urganim yaxshi bo‘ldi. Bu gol chiroyli chiqdi ham, uni Boateng eng yaqin joydan turib tomosha qildi", deydi Messi.

Shuningdek, u Noyyer haqida ham fikr bildirgan.
"Men revansh oldim deb hisoblamayman. Axir Jahon chempionati va YeChL alohida turnirlar hisoblanadi", deydi argentinalik hujumchi.

Top