15:15 / 07.05.2015
6509

Messi o‘g‘li uchun yahudiycha ism tanlash orqali jazoirliklarni g‘azablantirdi

Lionel Messi o‘zining tug‘ilishi kutilayotgan ikkinchi o‘g‘liga Benjamin ismini qo‘yishga qaror qilgani arab muxlislarni ranjitgan.

Ular Messi o‘z o‘g‘liga Isroil bosh vaziri Binyaminniki bilan bir ma'noni anglatadigan Benjamin ismini qo‘yishini xohlashmayapti. Ayniqsa, bunday toifa Jazoirda ko‘pchilikni tashkil qilib, ular ko‘chalarga norozilik namoyishi uyushtirish maqsadida chiqishgan. Bu haqda Algemeiner nashri ma'lum qildi.

Bir hafta oldin Messi instagramida o‘zining homilador rafiqasi Antonella Rokkutstsioning suratini chop etib, surat ostiga "Biz seni kutayapmiz bolakay. Biz seni yaxshi ko‘ramiz", deb yozib qo‘ygan edi.

Biroz o‘tib esa u kutilayotgan chaqaloqqa rafiqasi bilan kelishgan holda Benjamin ismini qo‘yishga qaror qilishganini ma'lum etgan. Ularning oilaviy do‘sti Aguero ham o‘g‘liga shunday ism bergandi.

Ma'lumot uchun, argentinalik hujumchining birinchi o‘g‘li 2012 yilning noyabrida tug‘ilgan va Tyago ismini olgandi.

Top