7 may kuni Tailandning Pattayya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati bahslari boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur dunyo birinchiligi shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, unda O‘zbekiston sharafini 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olib va sovrindorlari aka-uka Javohir hamda Islombek Sindarov, shuningdek, Akobirxon Saydaliyev, Abdulbosit Sharifjonov va Suxrobjon Avvalboyev himoya qiladi.
Barcha yosh guruhlarida g‘olib va sovrindorlar 14 may kuni ma'lum bo‘ladi.