16:08 / 07.05.2015
2733

Qozog‘iston Xalq banki Forbes reytingidan joy oldi

Qozog‘istonning “Xalq banki” aksiyadorlik jamiyati Forbes jurnali tomonidan e'lon qilingan dunyoning eng yirik kompaniyalari yillik reytingidan o‘rin oldi.
Qozog‘iston banki ushbu ro‘yxatda 1608-pog‘onani band qildi. Jurnaldagi ma'lumotlarga qaraganda, uning tushumi 1.7 mlrd, daromadi 637 mln, aktivlari 15.4 mlrd, kapitalizatsiyasi esa 2.1 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Forbes Global 2000 ro‘yxatining birinchi o‘nligi Xitoy va AQSh kompaniyalaridan iborat. Ro‘yxatni Xitoyning ICBC kompaniyasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Xitoy Qurilish banki, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki, Xitoy banki, so‘ng AQSh kompaniyalari – Berkshire Hathaway, JPMorgan Chase i Exxon Mobil egalladi. Kuchli o‘nlikka PetroChina, General Electric va Wells Fargo kompaniyalari yakun yasadi.

Top