05:14 / 08.05.2015
2528

AQSh maxfiy xizmati Oq uy panjarasini tikanli to‘siqlar bilan mustahkamlaydi

AQSh maxfiy xizmati Oq uy oldida panjara sifatida po‘lat tikanlardan tashkil topgan ikkinchi himoya qatlamini o‘rnatmoqchi. Bu haqda Kapitoliyning rejalashtirish bo‘yicha milliy komissiyasi hujjatiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Qo‘shimcha himoya vositalari binoni turli qoidabuzarlardan himoyalash uchun zarur bo‘lmoqda. Oq uyning shimoliy va janubiy tomonlaridagi panjaraning yuqori qismiga 1,3 santimetrlik uchli qilib ishlangan po‘lat tikanlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda. 

Top