07:03 / 08.05.2015
1304

"Dnepr" "Napoli" maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytdi

Yevropa ligasi musobaqasining yarim final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan «Napoli» hamda «Dnepr» klublari o‘rtasidagi uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Dastlab, o‘yinning 50-daqiqasida Lopes Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib, Seleznev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, dastlabki o‘yinda durang natija qayd etildi va barchasi Ukrainada hal bo‘ladi.


Napoli – Dnepr 1:1
Gollar: 1:0 – 50 Lopes Silva, 1:1 – 80 Seleznev.
Napoli – Anduxar, Majo, Albiol, Britos, Gulyam, Lopes Silva (Gargano, 71), Frello, Kalexon (Gabbyadini, 77), Gamshik, Insine (Mertens, 82), Iguain.
Dnepr – Boyko, Fedetskiy, Duglas, Cheberyachko, Leo Matos, Kankava (Bezus, 69), Fedorchuk, Luchkevich (Gama, 57), Rotan, Konoplyanka, Kalinich (Seleznev, 80).
Ogohlantirishlar: Kankava (23), Fedetskiy (73).

Top