15:02 / 08.05.2015
1949

O‘zbekistondagi barcha ta'lim maskanlarida Tinchlik darslari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistondagi barcha ta'lim maskanlarida 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuchlar veteranlari, harbiy xizmatchilar ishtirokida Tinchlik darslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik xalqimizning eng katta boyligi ekani, baxtiyor va farovon hayotning, istiqlolimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash har bir insonning farzandlik burchi ekani xususida so‘z yuritildi.

Faraxbaxsh kunlarimiz zamirida ota-bobolarimiz, katta avlod vakillarining jasorati va fidoyiligi, chekkan zahmati mujassam ekani o‘quvchilarga sodda va ta'sirchan, hayotiy misollar yordamida tushuntirildi.

Top