07:24 / 08.05.2015
7380

Poroshenko 9 may kuni Moskvaga kelishdan voz kechganlarga minnatdorchilik bildirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan paradga tashrif buyurishdan bosh tortgan davlat rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Interfaks agentligi ma'lumot bermoqda.
“Ukraina xalqi nomidan ushbu davlat rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman”, - deb ta'kidladi Poroshenko.
“8 may kuni Ukraina xalqi birinchi marta yevropaliklarga qo‘shilib Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini yod etish kunini nishonlaydi, ertasiga esa Moskvada g‘alaba paradi o‘tkaziladi. U yerda Donetskda qo‘llanayotgan qurol ko‘rsatiladi. Ukraina bu paradda ishtirok etishdan bosh tortdi”, - qo‘shimcha qildi u.

Top