Sony kompaniyasining mobil telefonlarga kamera ishlab chiqarish bo‘limi har bir iPhone sotuvidan $20 ishlab topadi. Bu haqda Wall Street Journal xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, iPhone 6 va iPhone 6 Plus ning barcha kameralari aynan mazkur yapon korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning dastlabki choragida 60 mln. dona iPhone dunyo bo‘ylab sotilgan. Natijada Apple orqali Sony $1,2 mlrd ishlab topgan.
Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Sony kompanyaining dunyo smartfon bozoridagi kameralar 40%ni tashkil qiladi.