21:08 / 08.05.2015
2725

Ukrainaning An-178 samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi

Ukrainaning An-178 transport samolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Ukrainaning “Antonov” davlat korxonasi matbuot xizmati.   

“An-178 samolyotida bir soat davomida amalga oshirilgan birinchi parvozni”Antonov” korxonasining quyidagi tarkibdagi sinovchi ekipaji: ekipaj sardori, birinchi toifali sinovchi-uchuvchi Andrey Spasibo, ikkinchi uchuvchi – birinchi toifali sinovchi-uchuvchi, Ukraina qahramoni Sergey Troshin, yetakchi muhandis-sinovchi Nikolay Sidorenko bajardi”, deyilmoqda xabarda.  

Samolyot Gostomel shahrining Kiyev-Antonov aeroportiga qo‘ndi. Ekipaj parvoz yakunlariga ko‘ra prezident va korxonaning bosh konstruktoriga parvoz muvaffaqiyatli amalga oshirilganini xabar qildi.

Avvalroq Ukraina Ozarbayjonga yangi An-178 transport samolyotlarini yetkazib berishi ma'lum qilingandi.

Top