13:55 / 09.05.2015
2811

Husni Muborak uch yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak va uning ikki o‘g‘li uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda TASS agentligi ma'lumot bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Muborak va uning o‘g‘illariga nisbatan e'lon qilingan avvalgi hukm bekor qilinib, “Prezident saroylari” nomini olgan ish qayta ko‘rib chiqilgan edi.

Top