AQShning National Interest Rossiyaning eng “halokatli” va qudratli besh quroli keltirilgan ro‘yxatni e'lon qildi.
Ro‘yxatdan Su-35 qiruvchi samolyoti, Tu-22m bombardimonchi samolyoti, MiG-31 qiruvchi samolyoti, Tu-95 strategik bombardimonchi samolyoti va Su-25 qamal samolyoti o‘rin oldi.
Shuningdek, jurnalda ushbu texnik vositalarning tavsifi ham keltirildi. Muallifning xulosa qilishicha, Rossiya qo‘shinlari SSSR davrida bo‘lganidek katta emas, lekin u haligacha jiddiy zarba berishga qodir.