Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Ichki ishlar vazirligining moliyaviy-iqtisodiy siyosati va ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash departamenti boshlig‘i Svetlana Perovani o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda huquqiy axborot internet-portalida ma'lum qilindi.
Perova Rossiya militsiyasi tarixida general-mayor hamda general-leytenant unvonlarini olgan birinchi ayol hisoblanadi. Perovaga Boris Yeltsin tomonidan “Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan iqtisodchisi” faxriy unvoni berilgan.
Avvalroq Putin 20 ga yaqin generalni o‘z lavozimidan ozod qilgani ma'lum qilingandi.