13:50 / 09.05.2015
6743

Putin: Rossiya Buyuk Britaniya, Fransiya va AQShdan minnatdor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi paradda qilgan chiqishida Rossiya urush yillari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan va rus xalqiga yordam bergan davlatlar va xalqlardan minnatdor ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
“G‘alaba mamlakatimiz tarixining oliy qahramonlik cho‘qqisi bo‘lib qoladi. Biz Gitlerga qarshi koalitsiyadagi ittifoqchilarimizni unutmaymiz. Biz g‘alabaga qo‘shgan hissalari uchun Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh xalqlaridan minnatdormiz”, - deb ta'kidlab o‘tdi Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, u butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, Germaniyaning o‘zida ham fashistlarga qarshi kurashda ko‘ngilli va partizan guruhlarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Top