08:17 / 10.05.2015
4037

Braziliya mudofaa vaziri: G‘arb yetakchilarining Moskvaga bormaslik haqidagi qarori xato bo‘ldi

Moskvada kecha bo‘lib o‘tgan G‘alaba Paradiga tashrif buyurgan Braziliya mudofaa vaziri Jak Vagner G‘arb yetakchilarining Moskvaga bormaslik haqidagi qarori xato ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
“Menimcha, bu xato qaror edi. Munosabatlarni yaqinlashtirish yo‘llarini qidirish kerak. Bu yerga paradga hurmat izhor qilish uchun tashrif buyurish Ukraina masalasini hal qilish uchun platforma vazifasini bajaradigan munosabatlarni o‘rnatishga yordam bergan bo‘lardi. Shaxsan men bu yerga kelishni juda xohlagan edim. Faqat yaqinlashish hisobidan murosaga kelish mumkin, janjal va to‘siqlar yaratish hisobidan emas”, - uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.
Shuningdek, u Braziliya prezidenti Dilma Ruseff bayramga shaxsiy sabablar tufayli kela olmaganini ma'lum qildi.
Bundan tashqari, Vagnerning ta'kidlashicha, 2015 yildan boshlab Braziliyada Ikkinchi Jahon urushining tugashi bilan bog‘liq tantanalarda Rossiyaning bayrog‘i ham ko‘tariladi.

Top