08:31 / 10.05.2015
1810

FQB qo‘liga tushgan bank talonchisi o‘zini o‘ldirdi

Kolorado shtatida FQB (FBI) agentlari bank talonchisini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazdi. The New York Post gazetasida yozilishicha, otishma chog‘ida agentlardan biri oyog‘idan yaralangan.
Talonchi FBR xodimlariga qarata ikki marta o‘q uzib, so‘ng o‘zini otib tashlagan.
FBR agentlari uzoq vaqtdan buyon Denverdagi bir qator banklarda talonchilik qilgan jinoyatchining izidan yurishgan. Nihoyat, uni shahardan 10 km janubdagi motellardan birida joylashganini aniqlashgan. Ammo jinoyatchi taslim bo‘lishni istamay, o‘zini o‘ldirgan.

Top