13:58 / 10.05.2015
2604

Kassano: Italiya futboli shunchalik ayanchli ahvolga tushdiki, hatto mening bobom bu yerda o‘ynashi mumkin

Italiyalik hujumchi Antonio Kassano Italiya futbolining bugungi ahvoliga o‘z munosabatini bildirdi.
“Italiya futboli shu qadar ayanchli ahvolga tushdiki, hatto mening bobom bu yerda o‘ynashi mumkin. Bu ahvolda “Yuventus” keyingi o‘n yil davomida skudettoni hech qanday qiyinchiliksiz yutishda davom etadi”, - degan u.
Shuningdek, u kelajakdagi rejalari haqida aytib o‘tgan:
“Futbolni sog‘indim. Shu yozda qaytishni istayman. “Sampdoriya”da yana bir imkoniyatga ega bo‘lishni xohlardim, ammo buning imkoni bo‘lmasa kerak. Ular himoyachi qidirayotgan ekan. Balki, moslashish, ampluani o‘zgartirish kerakdir?”.

Top