09:06 / 10.05.2015
1578

Kroosning jarohati jiddiy emasligi ma'lum bo‘ldi

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroosning jarohati jiddiy emasligi ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida o‘tkazilgan “Valensiya”ga qarshi uchrashuvning birinchi qismida almashtirilgan edi. Ma'lum qilinishicha, uning jarohati jiddiy bo‘lmay, “Yuventus” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan har ehtimolga qarshi futbolchi o‘yindan chiqarilgan.

Top