15:59 / 10.05.2015
3299

Malayziya Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga qo‘shildi

Malayziya Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya tarkibiga qo‘shilgan 12-davlat bo‘ldi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, bugun Malayziya harbiy havo kuchlari samolyotlari Saudiya Arabistonining harbiy havo bazalariga kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, koalitsiya Yamanda harakat qilayotgan isyonchi xusiylar guruhiga qarshi kurashmoqda. Dastlab koalitsiya faqat Fors ko‘rfazi arab davlatlaridan iborat edi. O‘tgan hafta Senegal ham koalitsiya tarkibiga 2 ming harbiy xizmatchisini yuborishini e'lon qildi. Undan keyin koalitsiyaga qo‘shilgan davlat Malayziya bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligining axborot berishicha, koalitsiya harbiy amaliyotlarining boshqarish markazi Malayziya va Senegal qurolli kuchlari qismlarini koalitsiya qismlariga qo‘shish hamda ularning ishtirok shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Top