09:57 / 10.05.2015
3673

Nyu-York yaqinidagi atom elektr stansiyasida portlash sodir bo‘ldi

Nyu-York yaqinidagi atom elektr stansiyasida kichik yong‘in kelib chiqdi. Hukumat vakillarining ta'kidlashicha, aholi uchun xavf-xatar tug‘ilmagan.
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, Nyu-York shtatidagi Byukanan shahridagi Indian Point atom elektr stansiyasining transformatorlaridan biri portlab ketgan. Qora tutunni ko‘rgan aholi darhol qutqaruvchilar xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Atom stansiyasining uchinchi energiya bloki yopib qo‘yilgan.
Stantsiya rahbarining e'tirof etishicha, portlash va yong‘in reaktor ishiga ta'sir ko‘rsatmagan.

Top