Polshada mamlakat prezidentligiga saylovlar bo'lib o'tmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bugun eratalab Polshada saylov uchastkalari ochildi. Saylovda 11 nafar nomzod ishtirok etmoqda. 100 mingdan ortiq imzo to'play olgan barcha nomzodlarning nomi saylov byulleteniga kiritilgan. Ular ichida amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy bor.
Bundan tashqari, Andjyey Duda (“Huquq va adolat” milliy konservativ partiyasi), Magdalena Ogurek (Demokratik so'l kuchlar Ittifoqi ko'magida), Adam Yarubas (Polsha dehqonlar partiyasi), Marian Kovalskiy (“Milliy harakat”), Yanush Palikot (“Sening harakating” partiyasi), Yanush Korvin-Mikke (KORWiN partiyasi), Pavel Kukiz (mustaqil nomzod), Yatsek Vilk (Yangi o'nglar Kongressi), Pavel Tanayno (“Bevosita demokratiya”) i Gjyegoj Braunlar (mustaqil nomzod) prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqda.