12:26 / 10.05.2015
5513

Rangli fotosuratga 100 yil

Angliyalik muhandis va fotograf Mervin O`Gorman (1871-1958) birinchi bo‘lib rangli fotosurat olgan inson sifatida tarixda qolgan. Mervin1913 yilda ilk rangli suratini olganda 42 yoshda edi. U o‘z suratlarida qizi Kristinani muhrlaydi.

Ushbu suratlarni olganda Mervin 1903 yilda fransiyalik aka-uka Lyumerlar nomiga patentlashtirilgan  "Autochrome" nomli texnikadan foydalangan.

Mervin O`Gorman qizini Angliyaning janubiy sohillaridagi suv bo‘yida suratga oladi.

Ushbu suratlar ilk rangli suratlar sifatida tarixda qoldi.

2015 yilda suratlarga 102 yil bo‘ldi.

Mervin qizidan ochiq va o‘tkir rangli libos kiyishini so‘ragan. Chunki "Autochrome"da yorqin ranglar gavdalangan.

"Autochrome"da maxsus shishali plastinkalar bo‘lgan va u kartoshkaning kraxmali va bo‘yoqlari bilan qoplangan.

Mervin O`Gorman 1958 yilda vafot etdi.

Mervinning qizi Kristinaning hayoti va taqdiri nima bo‘lganini hech kim bilmaydi.

Top