09:40 / 10.05.2015
1916

Toshkentda Ikkinchi Jahon urushiga bag‘ishlangan “Tinchlikning qaytishi” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Badiiy san'at akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Tinchlikning qaytishi” ko‘rgazmasi ochildi. U Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlanadi. Bonum Factum Gallery, Artstory Gallery va Mardjani Foundation ko‘magida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekiston Badiiy san'at akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Markaziy davlat arxivi va boshqa tashkilotlardir.


Ko‘rgazmaning ochilishi 8 may kuni bo‘lib o‘tdi. Undan o‘zbekistonliklarning Ikkinchi Jahon urushidagi ishtiroki hamda urush yillarida xalqning hayotini aks ettiruvchi 300dan ortiq eksponat o‘rin oldi.

Top