08:47 / 10.05.2015
2686

Toshkentdagi chiqindi qutilarida reklama joylashtirilishi mumkin

Toshkent shahrini obodonlashtirish bosh boshqarmasining ma'lum qilishicha, xususiy tadbirkorlarning ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqiladi. Hamkorlik doirasida shahardagi chiqindi qutilarida ularning reklamalari joylashtirilish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2010-2012 yillarda boshqarma shahar ko‘chalarida 4 395 axlat qutisi o‘rnatgan edi. Endi ularning sirtiga reklama joylashtirilishi mumkin. Shu yo‘l bilan xarajatlarning bir qismini qoplash rejalashtirilmoqda.

Top